22:53 / 28.04.2017
43846

O‘zbekistonda ilk bor onlayn ta'lim olish imkoniyati paydo bo‘ldi

Ma'lumki, onlayn ta'lim, ya'ni masofaviy o‘qish, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab keskin rivojlanmoqda va ba'zi davlatlarda kundalik holatga aylanib ulgurdi. Shu o‘rinda, yurtimizda ham onlayn ta'lim olish kun sayin rivojlanib bormoqda. Yurtimiz yoshlarining masofaviy ta'limga talab va qiziqishlarini hisobga olib, prep.uz jamoasi o‘z sayti orqali O‘zbekiston o‘quvchi yoshlari uchun innovatsion ta'lim turini taqdim etishini o‘ziga asosiy maqsad qilib oldi.

Shu niyatda, prep.uz jamoasi yurtimizdagi eng malakali o‘qituvchilar bilan hamkorlikda O‘zbekiston abituriyentlari uchun maxsus dastur yaratishdi. Ushbu dastur o‘zida nafaqat videodarslar, balki ma'ruza matnlari, mavzulashtirilgan testlar, variant testlar va ularga izohli javoblarni ham o‘zida jamlagan. O‘qituvchilar tomonidan abituriyentlar mavzularni oson o‘zlashtirishlari uchun yangi o‘qitish usullari qo‘llanildi.

Barcha darslar prep.uz​ saytiga joylashtirilgan bo‘lib, yurtimiz yoshlari ushbu saytga kirib, ro‘yxatdan o‘tish orqali yurtimizning eng malakali o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslarni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, abituriyentlar har hafta yurtimizning yetakchi ustozlaridan yangi 36 talik variant testlar orqali o‘z bilimlarini tekshirgan holda, kirish imtihonlariga tayyorgarlik darajalarini bilib olishlari mumkin.

prep.uz​ da o‘quvchilar nafaqat ustozlar, balki boshqa abituriyentlar bilan muloqotda bo‘lish, o‘z fikrlarini bildirish, o‘zlarining xohish va talablariga ko‘ra testlar yaratilishida o‘z takliflarini berishlari mumkin.

Bunday innovatsion ta'limga qiziqqan o‘qituvchilarni hamkorlikka chorlab qolamiz. Hamkorlikka qiziqqan o‘qituvchilar +998 90 174 85 87 raqamiga bog‘lanishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top