19:46 / 28.04.2017
23857

Video: Xitoyda 2 yoshli qizcha ustidan ikkita mashina o‘tib ketdi

Xitoyning Sichuan viloyatida yo‘lga yugurib chiqqan ikki yoshli qizcha ustidan ikkita mashina o‘tib ketdi. Videokuzatuv kameralaridan olingan yozuvni ABC News 26 aprel kuni taqdim etdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, ro‘y bergan hodisadan so‘ng qizchaning yoniga uning buvisi yugurib kelgan. Bola mahalliy shifoxonalardan biriga olib ketildi. U boshidan kichik jarohatlar olgan.

Top