17:10 / 29.04.2017
9543

AQSh telekanali yana bitta "Yangi Zelandiya"ni kashf qildi

Foto: Twitter/ABCmediawatch

Internetda AQShning ABC News telekanali yo‘l qo‘ygan xatosi uchun kulgiga qoldi. Gap shundaki, telekanalning yangiliklar soni davomida dunyo xaritasida yonma-yon turgan ikkita Yangi Zelandiya namoyish qilindi. 

Foydalanuvchilar  darhol bu holat ustidan mutoyiba qilishga kirishib ketdilar. Ulardan biri "Bitta Yangi Zelandiya har doim kamlik qilgan" deb yozgan bo‘lsa, boshqasi "bu "dabl-Zelandiya" (ikkilangan Zelandiya) deb yozgan. 

Yana bir foydalanuvchi esa "Biri Yangi Zelandiya, boshqasi esa Eski Zelandiya" deb mutoyiba qilgan.

Top