11:18 / 29.04.2017
4819

Yamanda “Al-Qoida” qo‘mondonlaridan biri yo‘q qilindi

AQSh harbiy-havo kuchlari Yamanda “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti qo‘mondonlaridan biri Abdul Ahmad al-Alakiyni yo‘q qildi, deya xabar bermoqda Associated Press Pentagon vakili Jyeff Devisga asosan.

Devisning aytishicha, terrorchi 23 aprel kuni yo‘q qilingan. Pentagon vakili so‘zlariga ko‘ra, al-Alakiy hujumlarni rejalashtirgan hamda qurol-yarog‘ va portlovchi uskunalarni yetkazib berishga ko‘maklashgan. 

Qo‘mondon bilan birga “Al-Qoida”ning yetti nafar jangarisi yo‘q qilingan.

Mavzuga oid
Top