09:49 / 29.04.2017
16728

Avstriya prezidenti islomofobiyaga qarshi kurashish uchun barcha ayollarni ro‘mol o‘rashga chaqirdi

Foto: Globallookpress.com

Avstriya prezidenti Aleksandr van der Bellen islomofobiyaga (islom diniga salbiy munosabatda bo‘lish) qarshi kurashish uchun mamlakatdagi barcha ayollarni ro‘mollar o‘rab olishga chaqirdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda. 

"Nafaqat musulmon ayollari, balki barcha ayollar ro‘mol o‘rashlari mumkin va agar haqiqiy va bebosh islomofobiya davom etadigan bo‘lsa, unda biz diniy nuqtai nazardan ro‘mol o‘raydiganlar bilan birdam ekanligimizni ko‘rsatish uchun barcha ayollardan ro‘mol o‘rashlarini so‘raydigan kun yetib keladi", deb aytdi prezident maktablardan birining o‘quvchilari bilan uchrashuvda.

"Albatta, har bir ayol unga xush keladigan tarzda kiyinishi mumkin – bu ushbu masala bo‘yicha shaxsiy fikrim", deb qo‘shimcha qildi van der Bellen.

Avvalroq van der Bellen kiyim kiyishda biror-bir cheklovlar kiritilishiga qarshi ekanligini bir necha bor ta'kidlab o‘tgan. U istisno tariqasida sudni misol qilib keltirgan Uning fikricha, ayol sudyalar o‘zining betarafligini shubha ostiga qo‘ymaslik uchun din uqtiradigan kiyimlarni kiyishdan tiyilishlari kerak. 

Aleksandr van der Bellen 2016 yil 4 dekabrda Avstriya prezidenti etib saylangandi.

Mavzuga oid
Top