Ispaniya harbiy kemasi Gibraltarning Buyuk Britaniya nazoratida bo‘lgan suvlariga kirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Madrid kemasi Gibraltarga kirishga Londondan rasmiy ruxsat so‘ramagan.
«Buyuk Britaniya qirollik harbiy-dengiz floti Britaniya hududi – Gibraltar suvlariga noqonuniy kirish harakatini qoralaydi», - deya aytib o‘tgan Vestminster vakili.
Avvalroq Ispaniya Shotlandiyani referendum masalasida qo‘llab quvvatlashi xabar qilingandi. Bu Gibraltar bilan bog‘liq mojaro tufayli yuz beradi.