19:01 / 29.04.2017
9380

Ispaniya harbiy kemasi Gibraltar suvlariga kirdi, Britaniya bundan darg‘azab

Foto: Daily Mail

Ispaniya harbiy kemasi Gibraltarning Buyuk Britaniya nazoratida bo‘lgan suvlariga kirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Madrid kemasi Gibraltarga kirishga Londondan rasmiy ruxsat so‘ramagan.

«Buyuk Britaniya qirollik harbiy-dengiz floti Britaniya hududi – Gibraltar suvlariga noqonuniy kirish harakatini qoralaydi», - deya aytib o‘tgan Vestminster vakili.

Avvalroq Ispaniya Shotlandiyani referendum masalasida qo‘llab quvvatlashi xabar qilingandi. Bu Gibraltar bilan bog‘liq mojaro tufayli yuz beradi.

Mavzuga oid
Top