10:18 / 29.04.2017
24041

Qirg‘izistondagi kuchli ko‘chki oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati janubida yuz bergan kuchli tuproq ko‘chkisi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligida ma'lum qilindi.  

FVV matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 29 aprel mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da (Toshkent vaqti bilan 6:00da) O‘zgan tumanining Zargar qishlog‘ida 1 mln kub metr keladigan ko‘chki yuz bergan.

"Ko‘chki 7 ta uyni bosib qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ulkan tuproq massasi ostida 24 kishi qolib ketgan", deb aytildi xabarda.     

Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga 33 kishidan iborat qutqaruvchilar guruhi va Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri yetib kelgan.

Top