18:27 / 29.04.2017
10043

Mishel Obama Trampning inauguratsiyasida "qovog‘i soliq" holda bo‘lganiga izoh berdi

Foto: RIA "Novosti"

AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama Donald Tramp inauguratsiyasi vaqtida nima uchun "norozi" qiyofada bo‘lganiga tushuntirish berdi. Uning aytishicha, u shu tariqa o‘zini yig‘lab yuborishdan arang tiyib turgan. Mishel bu haqda Orlandodagi Amerika arxitektura institutidagi nutqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

"Men ko‘zlarimda yosh aylanishini istamadim, yo‘qsa odamlar meni yangi prezident sababli yig‘lamoqda, deb o‘ylashgan bo‘lardi", deb tushuntirish berdi o‘sha vaqtdagi holatiga Mishel. 

Mishelning aytishicha, unda bunday his-tuyg‘ular paydo bo‘lishiga Oq uyni tark etish o‘yi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, uning aytishicha, Oq uyda o‘tkazilgan yillar osonlaridan biri bo‘lmadi va u o‘z farzandlariga yana buni takror boshlaridan o‘tkazishlarini ravo ko‘rmagan bo‘lardi.  

"Men farzandlarimdan buni yana takrorlashlarini so‘ramagan bo‘lardim", deb tan oldi Mishel.

Mishelning aytishicha, hozir uning oilasi tungi payt derazalarni ochish yoki shunchaki biror joyga ko‘p sonli hamrohlarsiz bora olish imkoniyatidan zavqlanmoqda.

Top