20:11 / 29.04.2017
15782

Oliy Liga. «Lokomotiv» 7 gol urdi, «Dinamo» va «Nasaf» ochko yo‘qotdi, «Qo‘qon-1912»da safardagi g‘alaba

Foto: Lokomotiv klubi matbuot xizmati

Bugun Oliy Ligada 8-tur uchrashuvlari davom ettirildi. 

«Qo‘qon-1912» G‘uzorga safar qildi va oldingi turlarda «Paxtakor» hamda «Lokomotiv» jamoalarini yenggan «Sho‘rtan» ustidan g‘alaba qozonib qaytdi. 

Mezbonlar futbolchisi Boymatov penaltidan hisobni ochgach, qo‘qonliklar jamoasi birinchi bo‘limdayoq uchta javob goli yo‘llashga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda Narzullayev urgan gol «Sho‘rtan»ga yordam bermadi - 2:3.

Bu natijadan keyin No‘'mon Hasanov shogirdlari 8 o‘yindan 17 ochko ishlagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgan. «Sho‘rtan» esa 9 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Turning yana bir uchrashuvida «Dinamo» kutilmaganda autsayder «So‘g‘diyona»ga ochko ulashdi. Uchrashuvda hisobda ochgan «Dinamo» futbolchisi Amirjon Safarov so‘nggi daqiqalarda jamoga durang olib keluvchi golni urdi. Mehmonlarning gollariga Rashidov (64) va Toshpo‘latov (84) mualliflik qilgan. Bu natijadan keyin samarqandliklar jamoasi 14 ochko bilan uchinchi o‘rinda, jizzaxliklar esa 8 turda 8 ochko to‘plab, 13-o‘rinda ketmoqda.

«Neftchi» o‘z maydonida «Olmaliq»ni qabul qilib, durang o‘ynadi 1:1. 

Oliy liga. «Paxtakor» g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yuqoriladi, «Bunyodkor» yana yutqazdi

«Buxoro» safarda «Metallurg»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda 1:2 hisobi qayd etildi. «Metallurg»ning yagona javob goli 83 daqiqada Abdullayev tomonidan kiritildi.

«Lokomotiv» va «Obod» jamoalari o‘rtasidagi derbi bahsida esa amaldagi chempionlar yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinda Murodbek Bobojonov va Jaloliddin Masharipov ikkitadan, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev hamda Ikrom Aliboyev bittadan golga muallif bo‘lishdi.

Bu g‘alabadan keyin «Lokomotiv» turnir jadvalida 7 o‘yindan 18 ochko jamg‘argan holda peshqadam bo‘lib turibdi, «Obod» 5 ochko bilan 15-o‘rinda. 

Turnir yana bir uchrashuvida «Nasaf» «Qizilqum» maydoniga safar qilib, 1:1 hisobidagi natija bilan qaytdi. O‘yinda har ikki jamoa gollarini penaltidan kiritdi. 

Oliy liga, 8-tur
«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) 2:3
Gollar: Suhrob Berdiyev 4, - 0:1. Eldor Boymatov 22 penalti, - 1:1. Filip Rayyevats 34, - 1:2. Javohir Sidiqov 45, - 1:3. Otabek Narzullayev 75, - 2:3.
«Sho‘rtan»: Eldor Tojiboyev, Aziz G‘ulomxo‘jayev (G‘ulom Rahmonov, 46), Jamol Otaqulov, Olim Karimov, Zafar Polvonov, Umarbek Eshmurodov, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Ma'rufxon Murodov (Qadamboy Nurmetov, 46), Sardor Sobirxo‘jayev, Otabek Narzullayev
«Qo‘qon-1912»: Nikita Ribkin, Bahodir Akramov, Jalil Kimsanov, Nosirbek Otaqo‘ziyev (Oybek Rustamov, 60), Javohir Sidiqov, Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Ibrohim Rahimov, Darko Gojkovich (Jamshid Hasanov, 66), Murod Xolmuhammedov, Filip Rayyevats (Andrey Sidorov, 81)

«Metallurg» (Bekobod) - «Buxoro» (Buxoro) - 1:2
Gollar: Abdullayev 83 - Vahobov 36, Ne'matov 66
«Metallurg»: Sultonov, Magerramov, Hoshimov, Karimov, Odilov, No‘'monov, Toshmatov, Karimqulov, Abdullayev, Sulaymonov, Isoqjonov.
«Buxoro»: Tursunboyev, Ravshanov, Pasichnik, Umurov, Vahobov, Shixov, Pirimov, Hasanov, Ismoilov, Bayenko, Nagayev.

«Dinamo» (Samarqand) - «So‘g‘diyona» (Jizzax) - 2:2 
Gollar: Safarov 57, Safarov 88 - Rashidov 66, Toshpo‘latov 84
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov (c), Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov, Javohir Qahramonov, Rodu Rogak, Shohruh Holmatov, Damir Nizanov, Orif Mamajonov, Abdujamol Isroilov.
«So‘g‘diyona»: Shoxrux Eshbo‘tayev, Elyor Orifov, Sunnatilla Mamadaliyev, Sanjar Rashidov (s), Suxrob Qobilov, Rustam A'zamov, Shoxrux Dostonov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Qahramon Bahodirov, Doston Abdurahmonov, Sardor Eminov.

«Neftchi» (Farg‘ona) - «Olmaliq» (Olmaliq) - 1:1 
Gollar: Jo‘rayev 10 - Hakimov 81 (pen)
«Neftchi»: Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Baxtiyor Yoqubov, Akram Bahriddinov, Abbos Maxstaliyev, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov, Muhsin Ubaydullayev, Abdurahmon Abdulhaqov, Otabek Isroilov, Dmitriy Komarovskiy.
«Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev, Shota Grigalashvili, Farxat Musabekov, Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Rahmatullo Berdimurodov, Igor Yyelich, Vladislav Kosminin.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Obod» (Toshkent) 7:0
Gollar: Murodbek Bobojonov 6, - 1:0. Murodbek Bobojonov 38, - 2:0. Jaloliddin Masharipov 42, - 3:0. Marat Bikmayev 62 penalti, - 4:0. Jaloliddin Masharipov 74, - 5:0. Sardor Mirzayev 77, - 6:0. Ikrom Aliboyev 90+2, - 7:0. 
Amalga oshirilmagan penalti: Shoxruz Norxonov 71
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Kaxi Maxaradze (Sardor Mirzayev, 46), Salamat Qutiboyev, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Sadriddin Abdullayev, 67), Islom To‘xtaxo‘jayev, Murodbek Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov
«Obod»: Azamat Ahmedov, Farhod Mirahmatov, Islom Ismoilov, Anvar G‘ofurov, Sardor Qahhorov, Abbos Saidkarimov (G‘ayrat Umirov, 56), Sanjar Rihsiboyev, Sunnatilla Ermatov, Idris Bikmaykin, Doniyorbek Hasanov, Pavel Solomin (Shohruz Norxonov, 27).

«Qizilqum» (Navoiy) – «Nasaf» (Qarshi) 1:1
Gollar: Ilhom Yunusov 5 penalti, - 1:0. Dragan Cheran 49 penalti, - 1:1. 
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev (s), Vohid Shodiyev (Azamat Allaniyazov, 46), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov, Bekzod G‘anijonov 
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev (Sharof Muhitdinov, 46), Igor Golban, Sherzod A'zamov (s), Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran.

Top