08:52 / 29.04.2017
4182

Rossiya va Tojikiston aviaparvozlar masalasi bo‘yicha kelishib oldi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya va Tojikistonning aviatsiya sohasidagi mas'ullari Moskvada o‘tgan muzokaralar natijalariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aviaaloqa masalalari bo‘yicha kelishib oldilar. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga Rossiya transport vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.  

"Tojikiston va Rossiya maslahatlashuvlar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi aviaaloqaga taalluqli bahsli masalalarni hal qilishdi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi", deb aytildi xabarda.

Rossiya 3 apreldan Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Dushanbe va Xo‘janddan parvozlarni haftasiga, mos ravishda, 4 ta va 3 ta reys bilan cheklab qo‘ygandi. Ma'lum qilinishicha, bu chora Tojikiston Moskva viloyatidagi "Jukovskiy" aeroportidan Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasining Tojikistonga parvozlarni amalga oshirish arizasi bo‘yicha kelishuvni rad etganiga javob bo‘lgan.   

Rossiya tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, "Yamal" avvalboshdan Dushanbega 4 ta reys va Xo‘jandga 3 ta reys amalga oshirish uchun ariza bergan. Biroq Tojikiston erishilgan kelishuvlarga zid ravishda "Yamal"ning bu yo‘nalishlar uchun arizasini to‘liq tasdiqlamagan. Dushanbeda ta'kidlanishicha, "Yamal" kelishuvlarga ko‘ra Dushanbe va Xo‘jandga haftasiga 2 tadan reys amalga oshirishi kerak bo‘lgan.

Top