16:55 / 29.04.2017
29034

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonasida bo‘ldi

Foto: Akorda.kz

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari birgalikda «Caspian Food» MChHga (mas'uliyati cheklangan hamkorlik) tashrif buyurishdi. Bu yerda davlat rahbarlari uzumchilik va vinochilik bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashrif davomida ikki davlat prezidenti uzum qabul qilish texnologiyasi, fermentatsiya jarayoni bilan tanishishdi, shuningdek, distillyatsiya va mahsulotlar to‘ldirish sexida ham bo‘lishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev uzum va yong‘oqlar ekilgan maydoniga ham tashrif buyurishdi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrifi davomida Janubiy Qozog‘iston viloyatida Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston rahbarining Qozog‘istonga mart oyidagi tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Top