10:14 / 29.04.2017
4434

Tramp AQShni sakkiz yil davomida boshqarmoqchi ekanini aytdi

AQSh rahbari Donald Tramp Fox News’ga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimida sakkiz yil qolmoqchi ekanini ma'lum qildi.

Tramp uning uchun bitta prezidentlik muddati yetarli bo‘ladimi, degan savolga vaziyatga qarab ish ko‘rishini aytgan.

-  Ehtimol, bu biroz ko‘proq vaqtni talab etar, biroq o‘ylashimcha, biz hammasini yaxshi uddalamoqdamiz, hammasi joyida. Men kimdir o‘tgan yuz kunda mendan ko‘ra ko‘proq narsa qilgan, deb o‘ylamayman. Ammo har doim aytganman, bu to‘rt yil emas, balki sakkiz yil bo‘ladi, - deya ma'lum qilgan Tramp.

Mavzuga oid
Top