09:08 / 30.04.2017
12332

Dengiz yirtqichlariga qarshi kurashuvchi fransuz akula qurboniga aylandi

Foto: © RIA Novosti

Hayotini akulalarga qarshi kurashishga bag‘ishlagan fransiyalik qutqaruvchi Hind okeani hududida, Reyunon orolida dengiz yirtqichi hujumiga uchradi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, yo‘lbars akula u syorfing bilan shug‘ullanayotgan vaqtida hamla qilgan. Yirtqich qutqaruvchining bel qismidan tishlagan, olingan jarohat tufayli yigit bir soat ichida jon bergan.

U Shark Watch Patrol tashkiloti faoli bo‘lib, odamlarga akulalar hujumidan saqlanishga ko‘mak ko‘rsatib kelardi. U ushbu yirtqichlar hayotiga qiziqqan va ijtimoiy tarmoqlarga ularning turli suratlarini joylagan.

Fransiyaga tegishli hisoblanadigan Reyunon oroli dunyodagi eng xavfli dam olish maskanlaridan hisoblanadi. Bu yerda oxirgi 6 yil ichida 20dan ortiq akulaning insonga hujumi ro‘y bergan va 10 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top