23:21 / 30.04.2017
3890

Makedoniya parlamentidagi tartibsizliklar bo‘yicha 15 kishiga ayblov qo‘yildi

Foto: AFP

Makedoniya parlamentidagi tartibsizliklar bo‘yicha 15 kishiga ayblov qo‘yildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Eslatib o‘tamiz, 27 aprelda bir guruh namoyishchilar parlament binosiga kirib, tartibsizliklar uyushtirib, deputatlarni do‘pposlashgan. Buning oqibatida 100 ga yaqin odam turli darajadagi jarohatlar olgandi. Namoyishchilar parlament spikeri etib millati alban bo‘lgan Tal'at Jafariy tayinlanganiga qarshi chiqishgan.  

Ayblanuvchilarga "jinoiy guruh faoliyatida ishtirok etish va davlat xizmatchilariga lavozim vakolatlarini bajarishda to‘sqinlik qilish" aybi qo‘yildi. 

Mavzuga oid
Top