19:08 / 30.04.2017
5418

Merkel Saudiya Arabistoniga safar uyushtirmoqda

Foto: AP

Saudiya Arabistoni va Germaniya 30 aprelda Germaniya kansleri Angela Merkelning qirollikka tashrifi vaqtida bir nechta ikki tomonlama kelishuvlarni imzolashadi, deb yozmoqda Arab News nashri.

Merkel 30 aprelda qirol Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan uchrashadi. Shuningdek, kanslerning valiahd shahzoda Muhammad ibn Nayaf va uning o‘rinbosari Muhammad ibn Salmon bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan. 

"O‘zaro muzokaralarda ko‘riladigan masalalardan biri 7−8 iyulda Gamburgda o‘tadigan G20 sammiti bo‘ladi", deb ta'kidlab o‘tdi Germaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi  Diter Xeller.

Merkel Saudiya Arabistonidan BAAga jo‘naydi va 2 may kuni Sochiga yetib keladi. Bu yerda uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top