11:34 / 30.04.2017
20200

Neymar Angliya premer-ligasiga yo‘l olmoqchi

Foto: AFP

«Barselona» hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga qaror qilgan. Bu haqda Daily Record xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, braziliyalik bu futbolchi 2015 yil yozida ham o‘zini sotib olishga uringan «Manchester Yunayted» safida o‘ynamoqchi. 

Qayd etilishicha, «Barselona» o‘z yetakchilaridan birini 200 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi. Futbolchining o‘zi «qizil iblislar» jamoasi xo‘jayinlari ispan klubining talabini qondirishiga umid qilmoqda. Uning «Barselona»dan ketishni istayotgani sababiga aniqlik kiritilmagan.

Shu bilan birgalikda, «Yunayted» ustozi Joze Mourino Zlatan Ibrahimovich jiddiy jarohat tufayli safdan chiqqani tufayli Neymarni olib kelish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Bundan oldinroq Neymar jurnalist bilan suhbat vaqtida APLda o‘ynash istagi borligi, Angliyadagi jamoalar orasida «Manchester Yunayted»ni yoqtirishi haqida aytib o‘tgan.

Top