17:43 / 30.04.2017
3855

Rim derbisida «Roma» yutqazdi

Italiya chempionatining 34-turi doirasida «Latsio» va «Roma» jamoalari o‘rtasida Rim derbisi o‘tkazildi. «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv «burgutlar» jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 12-daqiqasida Balde Keyta hisobni ochdi, birinchi bo‘lim so‘ngida Daniel De Rossi penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Dushan Basta to‘pni maydonni raqib hududida egallab zarba berdi va to‘p «Roma» himoyachisi Federiko Fasioga tekkan holda SHCHensni darvozasiga borib tushdi. 85-daqiqada Senad Lulich va Keyta kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ryudiger qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Luchano Spalletti shogirdlari hamon 75 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qolmoqda, bugungi raqib esa g‘alabadan keyin ochkolari sonini 67taga yetkazgan holda to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Roma» 7 may kuni «Milan» bilan o‘ynaydi, «Latsio» shu kuni «Sampdoriya»ni qabul qiladi.

Italiya chempionati
34-tur

Roma – Latsio 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 12 Keyta, 1:1 – 45, penalti de Rossi, 1:2 – 50 Basta, 1:3 – 85 Keyta.
Roma – Shchensni, Manolas, Emerson, Ryudiger, Fasio (Perotti, 64), Nainggolan, de Rossi (Totti, 73), Salax, Strotman, Al-Sha'roviy (Bruno Peres, 46), Djyeko.
Latsio – Strakosha, Bashtush, de Vrey (Xudt, 74), Uolles, Lukaku (Felipe Anderson, 43), Milinkovich-Savich, Lulich, Bigliya, Parolo, Keyta (Jorjyevich, 87), Basta.
Ogohlantirishlar: Bigliya (45), Xudt (81), Keyta (87), Parolo (90).
Chetlatish: Ryudiger (90).

Top