10:13 / 01.05.2017
3548

A Seriya. «Inter» «Napoli»ga yutqazdi, «Milan» yana autsayderga ochko ulashdi

30 aprel kuni Italiya A Seriyasining 34-tur uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kunning markaziy uchrashuvida «Inter» «Napoli»ni qabul qildi.

Milanda kechgan uchrashuv taqdirini Xose Kallejon tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. 

«Milan» safarda «Krotone» bilan durang o‘ynadi - 1:1. 8-daqiqada Marsello Trotta mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 50-daqiqada Gabriel Paletta hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunida rossonerilar safidagi Yuray Kutska ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Turning qolgan uchrashuvlarida, «Bolonya» «Udineze»ni 4:0 hisobida yengdi, «Fiorentina» safarda «Palermo»ga yutqazdi (0:2), «Kevo» «Jyenoa» maydonida zafar qozondi (2:1), «Sassuolo» «Empoli»ni yengib qaytdi (3:1), «Kalyari» esa «Peskara»dan ustun keldi (1:0).

Italiya A seriyasi, 34-tur

Inter – Napoli 0:1 (0:1)
Gol:
 Kallejon (43).
Inter: Handanovich, D`Ambrozio, Medel, Murilo (Andreolli, 77), Nagatomo, Galyardini, Brozovich, Kandreva, Joau Mariu (Perishich, 60), Eder (Banega, 73), Ikardi.
Napoli: Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, G‘ulom, Zelinski (Rog, 63), Diavara, Hamshik (Allan, 73), Kallejon, Mertens (Milik, 81), Insine.
Ogohlantirishlar: Murilo (52), Brozovich (56), Kulibali (65), Rog (73).

Krotone – Milan 1:1 (1:0)
Gollar:
 Trotta (8) – Paletta (50).
Krotone: Kordats, Rozi, Chekkerini (Dyusen, 70), Ferrari, Martella, Roden (Kapetstsi, 80), Barberis, Krisetig, Nalini (Stoyan, 53), Falchinelli, Trotta.
Milan: Donnarumma, Kalabriya, Sapata, Paletta, Vandjoni (Gomes, 90), Kutska, Lokatelli, Fernandes (Okampos, 78), Suso, Lapadula, Deulofeu (Bakka, 86).
Ogohlantirishlar: Ferrari (19), Kutska (24), Krisetig (26), Deulofeu (43), Falchinelli (90).
Chetlatish: Kutska (90, Milan).

Palermo – Fiorentina 2:0 (1:0)
Gollar:
 Diamanti (32), Aleesami (90).
Chetlatish: Astori (87, Fiorentina).

Kalyari – Peskara 1:0 (1:0)
Gol:
 Joao Pedro (23, penalti).

Djyenoa – Kevo 1:2 (1:0)
Gollar:
 Pandev (43) – Basten (60), Birsa (70).
Chetlatish: Depaoli (90, Kevo).

Empoli – Sassuolo 1:3 (1:2)
Gollar:
 Puchcharelli (24, penalti) – Peluzo (19), Matri (34), Dankan (57).

Bolonya – Udineze 4:0 (2:0)
Gollar:
 Destro (2, 59), Taider (45), Larangeyra (68, avtogol).

Mavzuga oid
Top