11:31 / 01.05.2017
4251

Abdulaziz Komilov BMTning mintaqaviy markazi rahbari bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT, shuningdek MOPDMM o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, BMT Mintaqaviy markazi kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Top