18:29 / 01.05.2017
13621

Hasanboy Do‘smatov shri-lankalik raqibini mag‘lub etdi

Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Uni Rio-2016 g‘olibi Hasanboy Do‘smatov (49 kg) shri-lankalik Palleha Tsivankani sinovdan o‘tkazish bilan boshlab berdi. 

Qizg‘in va Hasanboy ustunligida kechgan bahsda hamyurtimiz g‘alaba qozondi. Shu bilan Osiyo chempionatida barcha vazn toifasida ishtirok etayotgan milliy terma jamoamizning to‘rtinchi vakili ham o‘z hisobiga ochko yozib qo‘ydi. 

Bundan avval, Jasurbek Latipov (52kg), Murodjon Ahmadaliyev (56kg nokaut bilan) hamda 64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov raqiblarini mag‘lub etishgan edi.  

Bugun yana ikki bokschimiz, 75 kgli Isroil Madrimov falastinlik Abu Dabat Qosimga qarshi, 91 kggacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Kim Xyongkyuga qarshi ringga ko‘tarilishadi. 

Mavzuga oid
Top