18:04 / 01.05.2017
4208

Falcon 9 raketa tashuvchisining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli qo‘ndirildi

© Flickr / SpaceX

SpaceX kompaniyasi Kanaveral burnidan sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqan Falcon 9 raketa tashuvchisining birinchi bosqichini qayta qo‘ndirdi. Jarayon YouTube portalida translyatsiya qilingan. Startdan 9 daqiqa o‘tib, birinchi bosqich yerga qaytgan va qo‘nish hududiga tik holatda tushgan.

Bundan oldinroq SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa tashuvchisining parvozini boshqa kunga qoldirgani xabar qilingandi.

SpaceX’ning birinchi bosqichida foydalanilgan raketasi ilk bor qayta uchirilishi 31 mart kuni muvaffaqiyatli amalga oshirilgandi.

SpaceX ilk bora Amerika razvedkasi uchun maxfiy sun'iy yo‘ldoshni uchiradi

Mavzuga oid
Top