19:01 / 01.05.2017
4286

Kashmirda inkassatorlarga uyushtirilgan hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi Kulgam okrugida noma'lum kimsalar hukumat bankining inkassatorlik mashinasiga hujum qildilar. Oqibatda 5 nafar politsiyachi va 2 qo‘riqchi halok bo‘lgan. 

Hindustan Times nashrining ma'lum qilishicha, bosqinchilar qurbonlarni mashinadan tashqariga chiqarib, ularni o‘ldirib, furgondagi pullarni olib qochishgan. 

Ta'kidlanishicha, mashina bankning shtat poytaxti Srinagardan 70 km uzoqlikda joylashgan qishloqdagi bo‘limiga pullar olib ketayotgan bo‘lgan.  

Mavzuga oid
Top