16:46 / 01.05.2017
4771

“O‘zbekiston havo yo‘llari” birinchi chorakda tashuvlar hajmini oshirdi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

2017 yilning birinchi choragida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida MAK 5211 reysni amalga oshirdi va 563,1 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi (o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda mos ravishda 204 ta va 27,5 mingga ko‘proq). Yo‘lovchi o‘rindig‘i bandligi 75,01 foizni, tijoriy yuklama esa – 54,69 foizni tashkil qilgan.

Yuk aviatashuvlarining o‘sishi 24,3 foizga teng bo‘ldi. Hammasi bo‘lib 11,1 ming tonna yuk, jumladan, pulli bagaj va pochta olib o‘tilgan. MAK yuk samolyotlarida 274 ta reys amalga oshirildi, 6900 tonna yuk o‘z manziliga yetkazildi. 

Uch oy davomida MAK 75 ta yo‘lovchi va 27 ta yuk charter reyslarini bajardi.

Joriy yilda Lahor (Pokiston) va Dushanbe (Tojikiston)ga reyslar ochildi. Malaysia Airlines, Asiana Airlines, Azerbaijan Airlines, Singapore Airlines, Turkish Airlines, «Ukraina xalqaro avialiniyalari» bilan maxsus proreytlik kelishuvlari imzolandi. Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi bilan Rail&Fly bitimiga erishildi.

Mavzuga oid
Top