“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKda uchta yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent-4” yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi davom etmoqda. Shuningdek “Nukus” aeroportining yo‘lovchi terminali rekonstruksiyadan chiqarilmoqda va Boeing-787 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun yangi angar tashkil etilmoqda.
Bu loyihalar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo‘ljallangan Investitsion dasturi hamda 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi modernizatsiya Dasturi asosida amalga oshirilmoqda.
Avvalroq 2017 yilning birinchi choragida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirgani haqida xabar bergandik.