23:14 / 01.05.2017
42066

O‘zbekiston "Dunyoning eng tezyurar poyezdlari reytingi"da

GoEuro dunyoning eng tezyurar poyezdlarga ega mamlakatlar reytingini taqdim etdi. Unda O‘zbekiston 17-o‘rinni egallab, AQSh, Norvegiya va Finlyandiya mamlakatlarini ortda qoldirdi.

Mazkur reyting yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar bo‘yicha Osiyo mamlakatlari yetakchilik qilayotganini ko‘rsatmoqda. 

Reytingdagi ilk uchlikda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlarini ko‘rish mumkin. Yaponiyaning SCMaglev poyezdining maksimal tezligi - soatiga 603 kilometr. Xitoyning MagLev poyezdi soatiga 501 kilometr tezlikda harakatlanadi. Janubiy Koreyaning tezkor poyezdi esa soatiga 421 kilometr tezlikka ega. 

Reytingni tuzishda poyezdlarning maksimal tezligi, ishchi tezligi, liniya chizig‘i, aholi qamrovi kabi ko‘rsatkichlar inobatga olindi. 

Tezkor temir yo‘l tarmoqlari qaysidir mamlakatlar uchun nisbatan yangidek ko‘rinsa-da, quyidagi 20 mamlakat uchun u asosiy transport vositalaridan biri hisoblanadi: 

Dunyodagi eng tezyurar poyezdlar reytingidan ko‘rish mumkinki, Yevropa mamlakatlari bu masalada biroz orqada. Ularning orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Fransiyaning yuqori tezlikda harakatlanuvchi TGV SNCF poyezdining maksimal tezligi - soatiga 575 kilometr.

Top