15:20 / 01.05.2017
11262

O‘zbekistonning uchinchi bokschisi ham Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi

Foto: Sports.uz

“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglari davom etmoqda. Unda 64 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz, Andijon boks maktabi vakili Iqboljon Xoldorov hindistonlik Ashishga qarshi jang olib bordi. 

1997 yilda tug‘ilgan yosh sportchimiz, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Ashishni mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz: bundan oldin 56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tarilib, turkmanistonlik sportchi Muradov Shodlikmurodni nokautga uchratgan edi.

Ushbu musoboqa 30 aprel – 7 may kunlari davomida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top