09:15 / 02.05.2017
12132

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 91 kilogrammgacha vazn toifasi chorak final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining 1 may kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarini 91 kggacha vazn toifasidagi bokschilar janggi yakunlab berdi. Ushbu toifada birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Kim Xyongkyuni mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi. U yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Vasiliy Levitga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Shu bilan birga, 1 may kungi janglarda 91 kggacha vazn toifasida chorak final bahslarida ishtirok etuvchi boshqa juftliklar nomi ham ma'lum bo‘ldi. 

G‘ulomiy Salar (Eron)                 –      G‘ussin Aladdin (Suriya)
Yu Fengkay        (Xitoy)               –     Sangvan   Sumit   (Hindiston)
Sanaulloh Mahmud (Pokiston)   –     Qurbonov Jahon (Tojikiston)

Mavzuga oid
Top