17:54 / 02.05.2017
9692

Xitoyda kuyov o‘z to‘yiga 200 nafar soxta "qarindoshi"ni yetaklab keldi

Foto: SHAANXI TV

Xitoyda o‘z to‘yida ikki yuz kishini uning qarindoshlari deb tanishtirish maqsadida yollagan kuyov qo‘lga olindi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Kelin qarindoshlari yolg‘onni osongina fosh qilishgan, sababi ko‘pchilik mehmonlar kuyovni qayerdan tanishlarini tushuntira olishmagan. Bundan tashqari, marosimga uning ota-onasi kelmagani ham shubhani kuchaytirdi.

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, kuyov mehmonlari pulga yollangan ekan. U to‘yda ishtirok etish uchun har bir insonga 80 yuandan to‘lab bergan. Ba'zilar taksi haydovchilari ekanliklarini tan olishgan bo‘lishsa, boshqalar talaba bo‘lgan.

Yolg‘on nima uchun kerak bo‘lgani tushunarsizligicha qolmoqda. Kelinning aytishicha, uch yillik munosabatlar vaqtida kuyov qandaydir yolg‘on ishlatganini biron marta ham payqamagan. 

Xitoy OAV tomonidan bildirilgan taxminlarga ko‘ra, kuyov kelinning ota-onasi uni kambag‘allardan ekanini aytishganidan so‘ng, soxta qarindoshlarni yollashga qaror qilgan. U haqiqiy qarindoshlari va do‘stlarini shu tariqa sharmandalikdan saqlab qolmoqchi bo‘lgan.

Top