08:39 / 02.05.2017
25182

OAV: FQB xodimi IShID jangarisiga turmushga chiqqani aniqlandi

Foto: cnn.com

AQSh Federal qidiruvlar byurosi xodimi bo‘lgan ayol 2014 yilda Suriyaga jo‘nab ketgan va IShID terrorchilik guruhi jangarisiga turmushga chiqqan.

CNN’ning xabar berishicha, tarjimon Daniela Grin o‘z rahbariyatini qayerga ketayotgani haqida aldagan va o‘zining yangi eri Denis Kaspertni unga nisbatan tergov boshlangani haqida ogohlantirgan.

Grin, aftidan, bir necha hafta o‘tib xato qilganini tushunib yetdi va AQShga qaytib keldi. U yerda esa ayol maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ayol yolg‘on ko‘rsatmalar berish bo‘yicha o‘z aybini tan olgan va ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U 2016 yilning yozida qamoqdan chiqqan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Grinning turmush o‘rtog‘i nemis reperi bo‘lib, eng nufuzli jangarilardan biri sanalgan hamda IShIDning targ‘ibot videoroliklarida suratga tushgan.

Mavzuga oid
Top