09:59 / 02.05.2017
20143

Putin va Tramp telefon muloqotida nima haqida gaplashishi ma'lum

Foto: © RIA Novosti

Bugun, 2 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qilgan. Suhbat Vashington vaqti bilan 12:30ga (Toshkent vaqti bilan 21:30) belgilangan.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, siyosatchilar Suriya masalasini muhokama etishi kutilmoqda.

"Ikki yetakchi, katta ehtimol bilan Suriyadagi urushni muhokama qilishadi", — deya xabar bergan agentlik.

Bu Tramp qasamyod qabul qilib, vazifasiga kirishganidan buyon ikki siyosatchi o‘rtasida o‘tkaziladigan uchinchi telefon muloqoti hisoblanadi. Birinchi muloqot yanvar oyidayoq o‘tkazilgandi, ikkinchisi aprelda, Tramp Peterburg terakti munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirganida ro‘y bergandi.

Mavzuga oid
Top