18:58 / 02.05.2017
5678

Toshkent metrosida internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rilmoqda

Foto: O‘zA

Toshkent metrosida internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rilmoqda. Shuningdek bu transport turida smart-kartalar orqali to‘lovni amalga oshirish imkonlari ham o‘rganilmoqda. 2 may kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning I chorak bo‘yicha berilgan hisobotida shu haqida ma'lum qilindi. 

Matbuot anjumanida "O‘zbekiston temir yo‘llari" mutaxassislari istiqboldagi reja va loyihalarga ham to‘xtalib o‘tishdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, temir yo‘llarida elektrlashtirish jarayoni hamda yangi temir yo‘llarini qurish bo‘yicha ishlar qizg‘in davom ettiriladi. 

Ta'kidlash joizki, bugunga qadar elektrlashtirilgan temir yo‘llar uzunligi - 4000 kilometrga yaqin. Jumladan, Qarshi-Termiz yo‘nalishidagi 325 kilometrli temir yo‘l elektrlashtirilgan. Bu ishlarning 95 foizi temir yo‘l xizmatlarini taqdim etuvchi mahalliy korxonalarning o‘zi tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Bundan tashqari, anjumanda aksionerlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Jumladan, joriy yilda navqiron Samarqand shahrida tramvaylar harakati yo‘lga qo‘yilgani ta'kidlandi. Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanali ustida hamda Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida temiryo‘lchilar tomonidan muhtasham ko‘priklar barpo etilgani qayd etildi. 

Mavzuga oid
Top