Avval xabar berilganidek, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab #XotiraUz aksiyasi tashkil etilmoqda.
Aktsiyada taniqli san'atkorlar, sportchilar hamda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etmoqda.
Sizda ham mazkur aksiyada ishtirok etish imkoniyati bor!
Aktsiya doirasida tarqatilayotgan davlat ramzi tushirilgan tasmalar va 9 may uchun ishlab chiqarilgan stikerlarni “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy, 2-qavat, 17-xona) hamda “Kamolot” YoIH Toshkent shahar Kengashidan olishingiz mumkin. Shunindek, hududlarda quyidagi manzillarda tasmalar va 9 may uchun ishlab chiqilgan maxsus stikerlar tarqatilmoqda: