13:42 / 03.05.2017
9724

Eng kuchli himoya eng kuchli hujumga qarshi. YeChL yarim finali haqida

Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi yarmi final uchrashuvi Monakoda bo‘lib o‘tadi. Yevropaning eng kuchli hujum chizig‘i, eng metin himoyaga qarshi saf tortadi. Tribuna.Uz kun uchrashuviga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

«Monako» – «Yuventus»
(3 may, 23:45, UzReport, Match TV, Match! Futbol 1)

Uchrashuvdan oldin
«Monako»

«Monako» – yevrokuboklarning, aytish mumkin bo‘lsa, eng romantik jamoasi bo‘lib qolmoqda: Fransiyaning va Yevropaning turli burchagidan yig‘ilgan yosh iqtidorlar katta jamoalar uchun haqiqiy boshog‘rig‘i bo‘lmoqda. Qarshi hujumga shiddat bilan o‘tadigan, yuqori pressing ko‘rsatadigan oladigan tezkor futbolchilardan iborat jamoa 13 yillik tanaffusdan keyin yevromaydonlardagi eng nufuzli sovrin uchun kurash olib bormoqda. Faqat Mbappe emas, Fabino, Lemar va Bernardu Silva kabi yosh futbolchilar yoniga Falkaodek tajriba bilan yo‘g‘rilgan jamoa juda yaxshi futbolchi namoyish etmoqda. .

«Yuventus»
«Yuventus»ga qarshi  jamoaning 90 daqiqa mobaynida to‘pni nazorat qilib turishiga ishonch bo‘lmasada, katta ehtimol bilan jamoa nisbatan hujumkorroq futbol ko‘rsatishini kutish mumki.

Uchrashuvlar tarixi
2015 yilgi mavsumda «Yuventus» va «Monako» Chempionlar ligasining chorak finalida o‘zaro to‘qnash kelishgandi. «Monako» va Leonardu Jardim o‘sha paytlari o‘ta yaxshi ko‘radigan o‘yin uslubi evaziga taktikaga mos natija qayd etilgan, biroq bu «Monako» foydasiga ishlamagan – Turinda 1:0, Monakoda 0:0. 1998 yilda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv esa yarim finalga to‘g‘ri kelgandi. O‘shanda Turinda 4:1, Monakoda esa 3:2 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan. Tarix ko‘rsatib turibdiki, ikki to‘qnashuvda ham «Yuventus»ning qo‘li baland kelgan.

Qiziqarli faktlar
— «Monako» Italiya klublariga qarshi yevrokuboklarda o‘z uyida kechgan 6 uchrashuvning 3tasida g‘alaba qozongan va 2 marta durang o‘ynagan.
— So‘nggi marta jamoa Italiya klubidan («Inter», YeChK, 1 raundi) o‘z uyida 54 yil muqqadam 1963/64 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchragan. 
— «Monako» 2004 yildan buyon ilk marta YeChL yarim finalida ishtirok etadi;
— «Monako» yevrokuboklarda o‘z uyida kechgan 7 uchrashuvning 6tasida g‘alaba qozongan;
— «Yuventus» yarim finalning mehmonda o‘tkazgan 11ta o‘yindan faqat bittasidagina g‘alaba qozona olgan;
— «Yuventus» bu musobaqada o‘tkazgan o‘nta uchrashuvning faqat ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan;
— «Yuventus»ning yarim finalga chiqishi 2006/07 yilgi mavsumdan boshlab, italyan jamoalari uchun to‘rtinchi natija sanaladi;
— Bungacha bo‘lgan uchta yarim final italiyaliklar uchun omadli kelgan «Milan» «Manchester Yunayted»ni (2007), Mourinoning «Inter»i Gvardiola «Barselona»sini (2010), «Yuventus» esa ikki yil oldin «Real»ni ortda qoldirib finalga chiqqan. Hozircha barcha ko‘rsatkichlar ularning foydasiga ishlamoqda.

Yo‘qotishlar
«Monako» tarkibida ko‘richak xastaligi bilan chalingan Jibril Sidibe mashg‘ulotlarga qaytgan bo‘lsada, o‘yinda ishtirok etishi katta so‘roq ostida turibdi. Boshilya va Karilo esa ancha vaqtdan buyon umuman jamoa o‘yinlarida ishtirok etmayapti. Shuningdek Tiyemue Bakoyoko ham bu uchrashuvda faqatgina yuziga taqilgan maxsus niqoblarda maydonga tushishi mumkin.

«Yuventus» tarkibida Sami Xedira diskvalifikatsiya sabab ishtirok eta olmaydi. Pyatsa va Ruganida esa jarohat bor. Boshqa chiziqlarda turinliklar ortiqcha muammolarga duch kelishmagan.

Taxminiy tarkiblar
«Monako»da Jibril Sidibe o‘rnini Ture egallashi kutilmoqda. Boshqa chiziqlarda esa eng kuchli tarkib maydonga tushishi ko‘zda tutilgan. «Yuventus»da esa Xedira o‘rnini Klaudio Markizio egallashi kutilmoqda.

«Monako»: Subashich; Mendi, Jyemerson, Glik, Ture; Bernardo Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar; Mbappe, Falkao.

«Yuventus»: Buffon; Dani Alves, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Markizio, Kuadrado, Dibala, Mandjukich, Higuain.

Mavzuga oid
Top