11:33 / 03.05.2017
43616

FVV O‘zbekistonda kuzatilgan zilzila bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

«Toshkent» seysmostansiyasining ma'lumotiga ko‘ra, 3 may kunining birinchi yarmida, Toshkent vaqti bilan soat 09:47da O‘zbekistonning sharqiy hududlarida kuzatilgan zilzila epimarkazi Tojikiston hududida bo‘ldi.

«Zilzila markazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi kuchi 6 ballni tashkil etdi», deyilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Toshkent shahrida zilzila kuchi 3,5-4 ball atrofida bo‘lgan, Farg‘onada 4,5 ball, Andijonda 4 ballik zilzila qayd etilgan.

Toshkentda 4 balli zilzila sezildi

Zilzila oqibatida jabrlanganlar yo‘q, talofatlar haqida ma'lumotlar kelib tushmagan.

Top