00:05 / 03.05.2017
7029

Xavi Qatar terma jamoasini boshqarishi mumkin. Keyingi manzil «Barselona»

«Barselona» sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» klubida to‘p surayotgan Xavi Ernandes 2022 yilda JChda qatnashadigan Qatar terma jamoasiga ustozlik qilishi mumkinligini inkor etmadi. Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi o‘zini murabbiylikda ham sinab ko‘rish niyati borligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

«Qatar terma jamoasi bosh murabbiyligi – balki voqealar rivojining davomi bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng «Barselona»ga qaytishni istayman. Kataloniya klubini boshqarish orzuim», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi A Bola.

Ma'lumot uchun Xavi «Barselona» futbolchisi sifatida 1998 yildan 2015 yilga qadar jamoa safida to‘p surgan.

Top