10:09 / 03.05.2017
33674

Xorazmda yuk mashinasi yonib ketdi

Xorazmning Urganch shahrida haydovchining ehtiyot chorasi ko‘rishni unutgani va Yo‘l qoidalari ham transportdan foydalanish talablariga bo‘ysunmagani qimmatga tushdi. Gap shundaki, turli ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolavhaga ko‘ra, shaharda somon ortilgan yuk mashinasi butunlay yonib ketgan. Bunga esa trolleybus tarmog‘i simlari sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Biroq, xabarlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishining asl sababi yuk mashinasiga haddan ortiq va baland qilib somon ortilganidir. Oqibatda, haydovchi transport vositasi va unga ortilayotgan yukning gabarit o‘lchamlarini e'tiborga olmagani tufayli yuk mashinasidan ajrab qoldi. 

Mavzuga oid
Top