19:44 / 03.05.2017
4741

Yilning birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 16 mingga yaqin jinoyat ishi ko‘rib chiqildi

2017 yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 68 824 ta ish ko‘rilib, ularning 89,2 foizi bo‘yicha hal qiluv qarorlari chiqarildi. Mazkur qarorlar bo‘yicha talablarining 87,8 foizi qanoatlantirildi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu davrda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 20 856 nafar shaxsga nisbatan 15 792 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan, shulardan 50 ta ish bo‘yicha 64 nafar shaxs oqlangan.

2017 yilning birinchi choragi davomida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 3 778 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Shuningdek, jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan yetkazilgan 89 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan 1 815 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Bundan tashqari, hisobot davri mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 118 582 nafar shaxsga nisbatan 99 890 ta ma'muriy ish ko‘rib chiqildi.

2017 yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida 5 594 ta shikoyat ko‘rib chiqilib, ularni o‘rganish natijasida 302 ta sud qarori o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan.

Mavzuga oid
Top