09:45 / 03.05.2017
13748

Mirziyoyev qator davlatlar yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni qator davlatlarning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zA’ning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan Eduards Stiprays, Qirg‘iziston Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Yaponiya, Misr Arab Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Daniyar Sidiqov, Violen de Vilmor, Andrea Bertotstsi, Yaroslav Siro, Nobuaki Ito, Amani al-Itr, Ahmet Bashar Shen, Hisham bin Mishal al-Suveylimdan ishonch yorliqlari qabul qilib olingan.

Prezident diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratishini ta'kidladi. 

Shavkat Mirziyoyev elchilarni mamlakatda ish boshlayotgani bilan samimiy tabriklab, ularning mas'uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

Mavzuga oid
Top