19:00 / 03.05.2017
7466

Ronaldu YeChLda yana bir rekord o‘rnatdi

Foto: Twitter/@realmadrid

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar Ligasining «Atletiko»ga qarshi (3:0) uchrashuvida het-trikka erishdi.

Krishtianu chorak finalning javob uchrashuvida «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda ham uchta to‘p kiritgandi. Natijada portugaliyalik futbolchi YeChL pley-offida ketma-ket ikki uchrashuvda het-trikka erishgan dastlabki futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning Yevropa chempionlar ligasida kiritgan jami gollari soni 103taga yetdi.

Top