11:26 / 03.05.2017
8438

“TAShABBUS - 2017” ko‘rik tanlovining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Suratlar : Pattayev H.

Namangan viloyatida tadbirkorlik sohasini har tomonlama rivojlantirish borasida olib borilayotgan samarali ishlar natijasida bir qator yutuqlarga erishilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-choragi yakuni bilan viloyat yalpi hududiy mahsulotda kichik biznesning ulushi 68,2 foizni tashkil etgani yoki, kichik biznesning aholining bandligi sohasidagi ulushi esa 83,4 foizni tashkil etayotgani albatta quvonarlidir.

Ushbu amaliy natijalarni qo‘lga kiritishda, tadbirkorlikning taraqqiyoti, yangidan – yangi salohiyatli tadbirkorlarni yuzaga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili tashkil etilayotgan “Tashabbus” ko‘rik tanlovining alohida ahamiyati bor.

O‘tgan yillar davomida mazkur tanlovning Respublika bosqichida Namangan viloyatidan qatnashgan tadbirkor, fermer va hunarmandlari 7 marotaba yuksak mukofotlarni, bir necha bor nufuzli nominatsiyalarni qo‘lga kirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida 2016 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan “Tashabbus-2017” ko‘rik tanlovini yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida”gi 379-F-sonli farmoyishini viloyatda ijrosini ta'minlash bo‘yicha viloyat hokimining 2017 yil 11 apreldagi 125-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Unga asosan tanlovning shahar va tuman bosqichlari 20-25 aprel kunlari yuqori saviyada o‘tkazildi. Ularda 350 nafar tadbirkor, fermer va hunarmandlar ishtirok etdilar.

Mazkur tanlovning viloyat bosqichi joriy yil 2 may kuni “Namangan yoshlar markazi”da o‘zgacha ishtiyoq bilan mahalliy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar ishtirok etmoqdalar.

Nufuzli hakamlar hay'ati tomonidan barcha yo‘nalishlar adolatli baholandi hamda tantanali ravishda taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra tadbirkorlik yo‘nalishida Namangan tumanidan “Element paint” MChJ rahbari Axmadjonov Akbarjon, fermerlik yo‘nalishida “Musaffo Iqlim Trans” fermer xo‘jaligi rahbari Yusupov Komiljon, Hunarmandlik yo‘nalishida Qo‘l to‘qimachiligi mahsulotlari sohasida faoliyat olib borayotgan Jalolov Obid g‘oliblikning qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Taqdirlash marosimidan so‘ng cheksiz xursandchiligini yashira olmagan “Element paint” MChJ rahbari Axmadjonov Akbarjon: “Tashabbus - 2017” ko‘rik-tanlovi kelgusida yanada ko‘proq izlanishimizga turtki bermoqda, hozirda korxonamizda 50 nafar ishchilar himmat qilmoqda. Ularning 15 nafari kollej bitiruvchilaridir. Ishlab chiqarayotgan bo‘yoqlarimizni chet yelga ham eksport qilmoqdamiz. Kelgusida yangi liniyalarni ham ishga tushirib, xalqimiz farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad etganmiz” deydi biz bilan suhbatda.

Hojiakbar PATTAYeV

“Namangan yoshlar markazi” qoshidagi

“Yosh jurnalistlar” to‘garagi rahbari

Top