08:53 / 03.05.2017
15944

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari soni ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 18 aprelda «O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorini imzolagan edi. Unga muvofiq, yangi tashkil etilayotgan vazirlik xodimlari soniga ham oydinlik kiritilgan. Ular 1167 kishini tashkil etadi. 

Hujjatda qayd etilishicha, Toshkentning Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li 1 manzili bo‘yicha joylashadigan vazirlikda jami 92 kishi ishlaydi. Qoraqalpog‘iston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida 26 kishi, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasida 56 kishi, viloyat boshqarmalarida 252 nafar, tuman bo‘limlarida jami 654 xizmatchi ishlashi belgilangan. Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari soni 68 kishini tashkil etsa, «Kommunxizmat» agentligida 19 kishi ishlaydi. 

Top