11:25 / 03.05.2017
40071

VM qarori: Yuridik xizmat xodimlariga maoshlar to‘lash va ularni mukofotlash tartibi belgilandi 

1 may kuni Vazirlar Mahkamasining  «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 250-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar tarqatgan.

Ushbu qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari oshirildi, shuningdek, ularga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik ustama haq hamda lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari, hal qilingan nizolar bo‘yicha undirilgan mablag‘lar hisobidan mukofotlash tartibi belgilandi.

Mavzuga oid
Top