19:18 / 03.05.2017
6817

Jasurbek Latipov g‘alabali yurishini davom ettirdi va yarim finalga chiqdi

Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslari kechki janglariga start berildi. Uni 52 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan o‘zbekistonlik Jasurbek Latipov va hindistonlik Kavinder Bisht boshlab berishdi. 

Unda, hakamlar qaroriga ko‘ra, Jasurbek Latipov  g‘alaba qozondi. 

Eslatib o‘tamiz, kechki bahslarda, shuningdek, O‘zbekistonning quyidagi bokschilari ham ringga ko‘tarilishadi. 

69kg.   Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Li Singxyon (Koreya)
81kg.   Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) – Nig‘matulloyev Shabbos (Tojikiston)
+91kg. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kim Dohyon (Koreya)

Mavzuga oid
Top