00:45 / 04.05.2017
85625

2018 yil uchun AQShning Grin-kard lotereyasi natijalari e'lon qilindi

Foto: Evroportal.ru

AQSh Davlat departamenti 2018 yil uchun «Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalari — Dvlottery-2018» Green Card lotereya natijalarini e'lon qildi. Bu haqda lotereya rasmiy sayti — dvlottery.state.gov da ma'lum qilingan. 

2016 yil 1 oktabrdan – 3 noyabrgacha AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi Grin-kard lotereyasida ishtirok etish uchun anketani to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tganlar joriy yilning 2-may sanasidan 30 sentabriga qadar o‘z tasdiqlovchi raqami (confirmation number) ni kiritib, yutuq chiqqan yoki chiqmaganlinini tekshirib ko‘rishi mumkin. 

Buning uchun 2018 raqamlari bilan boshlanuvchi tasdiqlovchi raqamlar, familiya, tug‘ilgan yil ham suratda ko‘rsatilgan nazorat raqamlari tegishli darchalarga kiritib chiqiladi va «jo‘natish» (Submit) tugmasi bosiladi . Agar Grin-kard lotereyasida yutuq chiqmagan bo‘lsa «Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa program at this time» yozuvi chiqadi

Top