08:40 / 04.05.2017
13475

Britaniya qirollik uyining barcha xodimlari shoshilinch yig‘ilishga chaqirtirildi

Foto: RIA

Bukingem saroyi shoshilinch yig‘ilish o‘tkazayotgani haqidagi xabarlardan keyin tvitter foydalanuvchilari qirolicha Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp sog‘lig‘i haqida xavotirlana boshlashdi.

Ba'zi britaniyaliklar noxushlik sezishayotganini aytib, o‘z taxminlarini bildirishda "andisha qilib o‘tirishmagan". Boshqalar esa "qirolicha va shahzoda Filipp haqqiga duo qilishga" chaqirishmoqda. Boshqa foydalanuvchilar esa muhim xabarlar kutib qolishlarini aytishgan.

Avvalroq britan OAV butun Britaniya bo‘ylab qirollik qarorgohlarining barcha xodimlariga Londonda o‘tkaziladigan muhim yig‘ilishga kelishlariga ko‘rsatma berilgani ma'lum qilgandi. Bunday shoshilinch yig‘ilish chaqirtirishga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid
Top