22:45 / 04.05.2017
15842

Messi suriyalik bolalar uchun maktab qurdirdi

"Barselona" futbol jamoasi yulduzi Lionel Messi Suriyaning urushdan vayron bo‘lgan shaharlarining birida  1600 nafar bola uchun maktab qurdirdi. Bu haqida u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida ma'lum qildi. 

"Leo Messi fondi YUNISEFga oldindan tayyorlangan 20 sinf xonasini Suriyaga o‘rnatishga yordam berdi va shu orqali 1600 bolaning ta'lim olish sharoitini yaxshiladi", - dedi Messi o‘zining Facebook'dagi rasmiy sahifasida. 

Foto Leo Messi.
Foto: Facebook.com/@LeoMessi

Manbaga ko‘ra, sinf xonalari barcha zarur jihozlar bilan ta'minlangan, ularga o‘quv muhitini yaxshilash maqsadida quyosh batareyalari o‘rnatilgan. 

Bunday maktablarga qatnaydigan o‘quvchilarning 60 foizdan ortig‘i urush natijasida o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan oilalarda yashaydi. 

Olti yildan buyon davom etayotgan Suriyadagi urush sabab mamlakatdagi shifoxonalar, maktablar va uylar vayron qilingan. 

Ta'kidlash joizki, Messi bundan avval ham Yaqin Sharqdagi xalqaro gumanitar kampaniyalarda ishtirok etgan.

Top