16:17 / 04.05.2017
25815

Ronaldu yana bir marrani Messidan oldin bosib o‘tdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi folloverlari soni 100 million kishidan oshib ketdi.

Natijada 32 yoshli portugaliyalik futbolchi mazkur marrani zabt etgan ilk sportchi bo‘ldi.

Instagram tarmog‘ining umumiy reytingida Ronalduni faqatgina pop qo‘shiqchilar Selena Gomes, Ariana Grande, Teylor Svift va Beyonse ortda qoldirgan.

Ronaldu shuningdek Instagram ham, Facebook ham 100 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan ilk insonga aylandi.

Instagram tarmog‘idagi eng mashhur sportchilar Top-10ligi:

1. Krishtianu Ronaldu («Real») – 100 million follover

2. Neymar («Barselona») – 74 mln

3. Lionel Messi («Barselona») – 70,8 mln

4. Xames Rodriges («Real») – 30,7 mln

5. LeBron Jyeyms («Klivlend») – 29,9 mln

6. Garet Beyl («Real») – 28,8 mln

7. Zlatan Ibrahimovich («MYu») – 24,7 mln

8. Ronaldino – 22,5 mln

9. Luis Suares («Barselona») – 21,9 mln

10. Karim Benzema («Real») – 18,2 mln.

 

Mavzuga oid
Top