20:40 / 04.05.2017
8421

Suriyaning qaysi hududlari xavfsiz zonalar ro‘yxatiga kiritildi?

Foto: Getty Images

Idlibning butun provinsiyasi, Latakiya, Halab, Xama, Xoms, Dar'a, Al-Qunaytra provinsiyalarining bir qismi, Damashq chekkasidagi Sharqiy Guta Suriyaning xavfsizlik zonalari sirasiga kiritilgan. Bu haqida Turkiya TIV bayonotida ma'lum qilindi. 

"3-4 may kunlari Ostonadagi muzokaralarda kafolatchi-mamlakatlar Idlibning butun provinsiyasi, Latakiya, Halab, Xama, Xoms, Dar'a, Al-Qunaytra provinsiyalarining bir qismi, Damashq chekkasidagi Sharqiy Gutani o‘z ichiga oluvchi Suriyaning deeskalatsiya zonalarini yaratishga doir memorandumni imzolashdi. Deeskalatsiya hududlarining aniq chegaralari uch kafolatchi-mamlakat ishtirokidagi ishchi guruh majlisida belgilanadi", - deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligida. 

Payshanba kuni Ostonadagi muzokaralar ishtirokchilari Suriyaning to‘rt xavfsiz zonasi to‘g‘risidagi memorandumni qabul qildi. Hujjatni kafolatchi-mamlakatlar Rossiya, Eron va Turkiya vakillari imzolashdi. 

Top