09:04 / 04.05.2017
37952

Toshkentda yana zilzila sezildi

4 mayga o‘tar kechasi soat 1:03da Toshkent shahrida yana zilzila kuzatildi. 

«Toshkent» seysmostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston hududidagi zilzila Toshkent viloyati hududida sezilgan.

Epimarkazda zilzila kuchi 4,5 ballni tashkil etgan. Toshkentda esa yer silkinishi taxminan 2 ball atrofida bo‘lgan.

O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida 3 may kuni soat 09:48da 4 balli zilzila qayd etilgandi. Zilzila epimarkazi Toshkentdan janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston hududiga to‘g‘ri keldi. Epimarkazda  zilzila magnitudasi 6 ballni tashkil etdi.

Top